Dest "Milan"ga kerak emas. "Barsa" unga yangi jamoa qidirishi kerak!

  • 28 mart, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni ijara asosida “Milan”da o‘tkazayotgan “Barselona” himoyachisi Serjino Dest mish-mishlarga qaraganda “rossonerilar” safida qolmaydi.

Tecno

Ehtimol, joriy mavsum yakunlangach, 22 yoshli amerikalik himoyachi yana “Barselona”ga qaytishi mumkin. Biroq Dest kataloniyaliklarning rejalariga kirmaydi va shu sababli klub rahbariyati unga yangi jamoa izlashiga to‘g‘ri keladi.

Todofichajes nashrining yozishicha, Dest "Sevilya"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Andalusiya klubi allaqachon Serjinoning o‘yinlarini o‘rganishni boshlagan. “Sevilya” ham uni ijaraga olishi mumkin.

Qo‘shimcha qilamizki, nufuzli transfermarkt portali ekspertlari Serjino Destni 12 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!