
Deulofeu 3 yildan so‘ng yana premer-ligada gol urdi
Qishki transferlar davrida “Barselona”dan “Uotford” klubiga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Jerar Deulofeu kecha bo‘lib o‘tgan “Chelsi”ga (4:1) qarshi bahsda gol kiritishdan tashqari jamoasining yana bir goliga assistentlik qildi va penalti ishlab berdi.
E’tiborlisi, ispaniyalik futbolchi uch yillik tanaffusdan so‘ng yana APLda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U so‘nggi marta 2015 yilning 28 dekabr kuni “Everton” safida “Stok Siti”ga (3:4) qarshi bahsda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan edi.
Ma’lumot uchun, Deulofeu “Uotford” safid hozircha 2ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar