
Devin Xeyni Rayan Garsiyani mensimayapti
WBC yo‘nalishi bo‘yicha birinchi super engil vazn(63,5 kg)da jahon chempioni Devin Xeyni Rayan Garsiyaga qarshi bo‘lajak jangdagi imkoniyatlari haqida to‘xtaldi. Devin raqibining taslim bo‘lishiga ishonchi komil.
“Biz uning taslim bo‘lganini avval ham ko‘rganmiz. Bizning bo‘lajak jangimiz bundan mustasno bo‘lmaydi. Hech narsa o‘zgarmaydi. 20 aprel kuni u yana taslim bo‘ladi”, — dedi Xeyni.
Eslatib o‘tamiz, Devin Xeyni(31-0, 15 KO) va Rayan Garsiya(24-1, 20 KO) o‘rtasidagi jang 20 aprel kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi
Fikrlar