Devis "Bavariya"da qolishi mumkin

  • 17.05.2024 03:19
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

2025 yilda "Bavariya" bilan tuzilgan shartnomasi o‘z nihoyasiga etadigan Alfonso Devisga "Real" jiddiy qiziqish bildirayotgandi, lekin u jamoasida qolishi ham mumkin. 

Devis keyingi yillarda ham o‘zini myunxenliklar safida ko‘ra oladi. Uning agenti maosh borasida rahbariyat bilan kelisha olmayotgan bo‘lsa ham, kanadalik himoyachi Madridga ko‘chib o‘tmaslik variantiga ham ochiq. Sabab esa futbolchi uchun "qaymoqranglilar" harakat qilmayotganida, deya xabar berdi "BILD" nashri. 

Agarda Alfonso ketadigan bo‘lsa, "Bavariya" "Milan" a’zosi Teo Ernandes transferiga harakatni boshlaydi. Ayni paytda tomonlar Devisning kelajagi hal bo‘lishini kutishmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!