Devis Kanadaning birinchi oʻyinini oʻtkazib yuboradi
Kanada terma jamoasi sardori Alfonso Devis jahon chempionatidagi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi debut uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi 6 may kuni «Pari Sen-Jermen»ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob bahsida olgan oyoq qoquv payi jarohatidan tiklanishni davom ettirayotgani haqida The Athletic nashri xabar berdi.
Devis 31 may kuni milliy jamoa ixtiyoriga yetib keldi. Ungacha Sharlotta shahrida o‘tkazilgan dastlabki yig‘inni o‘tkazib yuborgan, hozir esa alohida, individual dastur asosida mashg‘ulot olib bormoqda.
Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh 11 iyunda o‘tkazilgan matbuot anjumanida futbolchi holatiga oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinida o‘tkazilgan magnit-rezonans tekshiruvi shifo jarayoni yaxshi ketayotganini ko‘rsatgan, biroq Devis hali maydonga tushishga tayyor emas.
«Ertaga u o‘ynay olmaydi. Kecha unga magnit-rezonans tekshiruvi o‘tkazdik. Tekshiruv natijalari juda ijobiy bo‘ldi: jarohat deyarli to‘liq bityapti, shu bois unga tushadigan yuklamani asta-sekin oshirishga tayyorgarlik ko‘rmokdamiz. Uning mushak jarohatlaridan tez tiklanish qobiliyati doim yaxshi bo‘lgan. Yaqin kunlar va haftalar ichida tiklanish jarayonini yanada tezlashtirib, unga jamoaga yordam berish imkonini berishga umid qilamiz», — deya Marshning so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Fikrlar