
Devis kelsa, “Real”dan sen ketasan!
“Real” anchadan beri “Bavariya”ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Ayrim manbalar 24 yoshli kanadalik futbolchi madridliklar bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lganini va shu bois “Bavariya”ning hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha takliflarini qabul qilmayotganini yozmoqda.
Vaziyatni kuzatib borayotgan jurnalist Xose Feliks Diasning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” Alfonso Devis kelishi bilan o‘z futbolchilaridan birini qo‘yib yuborishga majbu bo‘ladi. Manbaga ko‘ra, Madridni tark etadigan nomzod ikki chap qanot himoyachilari - Ferlan Mendi va Fran Garsiyadan biri bo‘ladi.
Hozircha, 29 yoshli Mendi barcha turnirlarda 14 marotaba maydonga tushdi, 25 yoshli Garsiya hisobida 12 ta o‘yin bor. Ularning birortasi samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q.
Fikrlar