
Di Laurentis: Chempionlar ligasida hamma narsa omadga bog‘liq
"Napoli" klubi prezidenti Aurelio Di Laurentis Chempionlar ligasi musobaqasi haqida fikr bildiirdi:
"Qizig‘i shundaki, Chempionlar ligasida hamma narsa omadga bog‘liq.
Evropa chempionlar ligasi chorak finalida va A Seriya doirasida "Milan"ga imkoniyatni boy berganimizdagi ahvolimni faqatgina o‘zim bilaman", - dedi neapolliklar prezidenti.
Qayd etish lozim, "Napoli" o‘tgan mavsum EChL chorak finalida "Milan"ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:1, 0:1) mag‘lub bo‘lgan, shuningdek, A Seriya doirasida "rossonerilar"dan qaqshatqich 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.
Fikrlar