Dibala APLga ko‘chib o‘tmoqchi

  • 06.06.2024 07:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Roma"da o‘tkazgan Paulo Dibala ushbu yozda APL klublaridan taklif kutyapti. Bu haqida "Sky Sports" nashri xabar bermoqda. 

Tecno

Manbaning qayd etishicha, argentinalik futbolchi APLga ko‘chib o‘tishni istmoqda. Uning tovono puli 12 million evroni tashkil qiladi. O‘tgan yili "Yuventus"ni tark etib, Rim klubida faoliyatini davom ettirayotgan Paulo yozda jamoani tark etish ehtimoli yo‘q emas.

Ma’lumot uchun, "Roma" safida 39 ta bahsda ishtirok etib, 16 ta gol urgan va 10 ta assist qayd etgan Dibalaning shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!