Dibala supertransferga tayyorlanyapti

  • 29 noyabr, 2020, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumchi Paulo Dibala “Yuventus” rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida bir necha oydan beri kelisha olmayapti va klubdagi vaziyatdan norozi ekanini ta’kidlayapti.

Tecno

Ayni paytda hujumchi yangi jamoalar bilan muzokaraga tayyorgarlik qilmoqda. Xaridorlar ham mashhurlik borasida “Yuventus”dan qolishmaydi. Biri “Real” bo‘lsa, ikkinchisi “Manchester Yunayted”.

Har ikki klub ham yozgi transferlar vaqtida faollik ko‘rsatishni rejalashtirgan. Ular olinadigan futbolchilar bilan yanvar oyidayoq kelishib qo‘ymoqchi.

Dibala joriy mavsumda barcha turnirlarda sakkiz marta maydonga tushdi va bitta gol urdi. Klub rahbariyatidan yiliga 15 million evro maosh talab qilayotgan Dibala asosiy tarkibdagi o‘rnini “Atletiko”dan ijaraga olingan Alvaro Morataga boy berib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!