
Dibalaning transferi "Barselona"ga qanchaga tushishi mumkin?
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Paulo Dibalaning “Barselona”ga qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi.
El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 23 yoshli argentinalik futbolchining yaqinda “Yuventus” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra u 2022 yilga qadar turinliklar safida qolishi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra futbolchining tovon puli 120 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Neymarning PSJga o‘tishi tobora oydinlashib borayotgan bir paytda, “Barselona” uning o‘rniga aynan Dibala nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar