Dide Desham: "Ispaniya bugun kuchliligini yana bir bor isbotladi"

  • 10 iyul, 2024, 04:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Evro-2024" yarim finali doirasida Ipaniyaga uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o‘yrtoqlashdi.

Tecno

"Ispaniya bugun kichli jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi. Bizga hisobni ochish nasib qildi, ammo raqib to‘pni yaxshiroq nazorat qilgani bizni qiyin ahvolga soldi. Bugun ispanlar bor mahoratini namoyish etdi.

Tezlik borasida ham raqiblar bizdan ustun keldi, texnik xatolar ko‘p bo‘lgani bizning zararimizga ishladi. Hujumga kam o‘tganimiz natijaga ham ta’sirini o‘tkazdi", - dedi Desham.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi "Evro-2024" yarim finalida Ispaniyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni mana shu bosqichda tark etdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!