
Diego Godin: "Atletiko"dan "Inter"ga o‘tganimga hech qachon afsuslanmaganman
“Kalyari” himoyachisi Diego Godin 2019 yilda “Atletiko”dan “Inter”ga ko‘chib o‘tganiga afsuslanmasligini aytdi.
“Men “Atletiko”dan “Inter”ga o‘tganimga hech qachon afsuslanmaganman. Nimanidir o‘zgartirish, qulay muhitdan chiqib, yangi muammolarga duch kelishim kerak edi”, - dedi urugvaylik futbolchi.
34 yoshli Godin 2010-2019 yillarda “Atletiko” sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng “Inter”ga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum “neradzurrilar” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar