Diego Simeone: Durang adolatli natija bo‘ldi

  • 30 sentabr, 2018, 10:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone kecha “Real”ga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan Madrid derbisidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bugun ham ushbu stadionda har doimgidek og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Bugun biz g‘alaba qozonishni istagandik. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, himoyada muvaffaqiyatli o‘ynadik, gol urish uchun ham imkoniyatlar bo‘ldi, biroq Kurtua o‘zini ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda esa ishtiyoq “Real”da kuchliroq bo‘ldi va bu normal holat. Ushbu jamoada ko‘plab iqtidorli futbolchilar yig‘ilgan va shu bois ikkinchi bo‘limda ko‘proq himoyalanishga majbur bo‘ldik. Aytishim lozimki, “Real”ga qarshi mehmonda bo‘ladigan barcha o‘yinlar birdek qiyin. Bugungi durang esa adolatli hisob bo‘ldi”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!