
"Dinamo" Karpin boshchiligidagi "Rostov"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi
Kecha Abu-Dabiga etib kelgan «Dinamo» jamoasi bugun, 18 yanvar kuni Rossiyaning «Rostov» klubiga qarshi sinov o‘yinida maydonga tushdi.
Vadim Abramov va Valeriy Karpin qo‘l ostidagi uchrashuvda Rossiya klubi yirik g‘alabaga erishdi – 4:1.
"Dinamo"ning yagona goliga ikkinchi bo‘limda Emmanuel Yagr mualliflik qildi. O‘yin davomida murabbiylar shtabi tarkibdagi deyarli barcha o‘yinchilarga imkoniyat berishdi.
O‘yin «Abu-Dhabi Regby stadium»ning 5-maydonida bo‘lib o‘tdi.
O‘rtoqlik o‘yini. 18 yanvar
«Rostov» (Rossiya) - «Dinamo» (O‘zbekiston) – 4:1
Gollar: Mironov 8, Aznaurov 20, Komlichenko 32 penalti, 34 – Emmanuel Yagr, 84.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Ulug‘bek Abdullaev, Dushan Miyich, Salim Mustafoev, Vohidjon Oqbo‘taev, Akbar Ismatullaev, Frantsis Narx, Damir Temirov, Sanjar Shoahmedov, Humoyunmirzo Iminov, Anvar Hojimirzaev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Ravshanbek Yagudin, Xurshid Ubaydullaev, Xislat Xalilov, Komil Sharofutdinov, Javlon Malikov, Vladimir Kozak, Muhammadbobur Asadullaev, Farrux Ikromov, Husniddin G‘ofurov, Emmanuel Yagr, Bobur Yorbekov, Odil Abdumajidov, Abubakr Muydinov, Bahodir Nasimov, Elnur Saitmurodov.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar