"Dinamo" Maykon bilan ham xayrlashdi
Yaqinda Mashhur Mahammadjonov bilan xayrlashgan «Dinamo» jamoasini endi legioner futbolchisi Duglas Maykon bilan amaldagi kelishuvi yakuniga etgani ma’lum bo‘ldi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, «Dinamo» PFK braziliyalik yarimhimoyachiga Samarqanddagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi.
Maykon 2024 yil ikkinchi yarmida jamoa safiga qo‘shilib, o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozondi.
2025 yilgi mavsum birinchi davrasi yakunida esa og‘ir jarohat sababli safdan chiqib, tiklanish jarayonini o‘tkazdi.
Fikrlar