"Dinamo" "Molodechno" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi, Hoshimovdan dubl!

  • 23 iyul, 17:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumning ikkinchi qismiga Belarusda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" jamoasi bugun ikkinchi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Tecno

Belarus Oliy ligasi vakili "Molodechno"ga qarshi o‘tgan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Anvarjon Hojimirzaev hisobni ochgan bo‘lsa, Ulug‘bek Hoshimov dublga erishdi – 3:0. Samarqandliklar yig‘indagi so‘nggi o‘yinni 25 iyul kuni "Vitebsk"ga qarshi o‘tkazadi.

"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Ulug‘bek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Oleksandr Kucherenko, Sanjar Qodirqulov, Ratino, Dmitriy Pletnyov, Jahongir Abdusalomov, Richard Fraydey, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug‘bek Hoshimov.
Zaxira: S.Karimov, A.Abdurasulov, M.Stanoevich, F.Abdurahmonov, B.Nasimov, B.Obloqulov, M.Mirahmadov, A.Hoshimov, X.Xalilov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davlatbek Alibekov
23/07/2025 22:43
Молодчино Белорус чемпионатида 5 дивизионда у'йнаркан ит абрам шу жамоага кучи етибди