
"Dinamo" Qozog‘iston chempioni bilan durang o‘ynadi
BAAda yig‘in o‘tkazayotgan "Dinamo" jamoasi bugun yana bir nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Qozog‘istonning 7 karra chempioni "Astana"ga qarshi bahsda jamoalar 2:2 hisobida durang qayd natijani qayd etdilar.
Ikkala jamoa o‘zaro kelishgan holatda uchrashuvni 120 daqiqa davom ettirdilar. Asosiy vaqt natijasi 1:1 bilan yakunlandi. Qo‘shimcha vaqtda ikkala jamoa yana bittadan gol urdilar.
O‘rtoqlik o‘yini. Jabel Ali.
20 fevral (payshanba)
"Astana" (Qozog‘iston) - "Dinamo" - 2:2
Gollar: Jefri Chinedu 18, Karimov 99 – Duglas Maykon 75, Oybek O‘rmonjonov 107.
"Dinamo": Yagudin, Kucherenko, Jumaboev, A’loxo‘jaev, Abdullaev, Qodirqulov, Ratino (Duglas, 38), F.Abdurahmonov (Xalilov, 33), Stanoevich, Hojimirzaev, Mirahmadov (F.Abdurahmonov, 54).
3-bo‘limdagi tarkib: Nemanov, Abdurasulov, O‘rozov, Mustafoev, Obloqulov, Duglas, Oqbo‘taev, Hoshimov, O‘rmonjonov, Xalilov, Nasimov.
Fikrlar