"Dinamo" so‘ngi daqiqada "Neftchi"ni dog‘da qoldirdi

  • 8 noyabr, 2017, 17:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy Liga 28-tur doirasida Samarqandning “Dinamo” klubi o‘z maydonida musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onalaridan birida borayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qildi.

Tecno

Har ikki jamoaga ochko suv-havodek zarur bo‘lgan bellashuvning birinchi bo‘limi nursiz durang bilan yakuniga etgan bo‘lsa, ikkinchining bo‘limning hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtida Adnan Oraxovats muhim golga mualliflik qilib, jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi.

Shunday qilib, hozircha samarqandliklar 29 ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Neftchi” 21 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Oliy Liga 28-tur
08.11.2017

“Dinamo” (Samarqand) – “Neftchi” (Farg‘ona) – 1 : 0
Gol
: Adnan Oraxovats 90+4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!