Diyor Imomxo‘jaev: «Agar bunday bo‘lsa, ishdan ketaman»

  • 25 mart, 2021, 19:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Siz PFL rahbarligiga tayinlangan ilk kunlardayoq bukmeykerlik kompaniyalarini rasmiy ravishda O‘zbekistonga kirib kelishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Siz bundan avvalgi intervyularingizdan bu narsa dinda harom etilgan, ammo u futbolga katta pullar kirib kelishi haqida fikr bildirgansiz. Aytingchi, siz tarixda bukmeykerlik kompaniyalarini O‘zbekistonga kirib kelishiga yo‘l ochib bergan shaxs sifatida qolishdan qo‘rqmaysizmi?

Tecno

-  Men bu narsadan qo‘rqaman. Insonlarning so‘zlarini doimo hazm qilib o‘rganganman. Bunisini hazm qila olmayman. Ertaga bu ishim uchun javob berishim kerakligini yaxshi bilaman. Shuning uchun bundan qo‘rqaman. Endi vaziyatga boshqa ko‘z bilan qarash mumkinligini ham unutmaslik lozim. O‘zi shundoq ham yiliga 50 million dollar pul O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketmoqda. Agar bukmeykerlik kompaniyalari o‘zbek banklari bilan bitim imzolasa, bu summa o‘zimizda qoladi. Bizda temiryo‘l, neft va boshqa katta kompaniyalar futbolni rivojlantirish uchun pul ajratishga majbur bo‘lmoqda. Hozir futbol klublarini moliyalashtirayotgan kompaniyalarning muammolari ko‘p. Agar biz ularni futboldan ozod qilsak, bu xalqimiz uchun foyda bo‘ladi. Biz dunyoviy davlatda istiqomat qilamiz. Alkogol ichimliklar sotiladigan mamlakatga bukmeykerlik kompaniyalarini kirib kelishini to‘g‘ri qabul qilish kerak. Bu ish iymonli insonlar uchun yana bir sinov bo‘ladi. Men diniy va dunyoviy tomondan o‘z qarashlarimni isbotlab berdim.

-  Shaxsan o‘zingiz bu narsa bizga kerak, deb hisoblaysizmi?

-  Buni men hal etmayman. Birinchi navbatda, O‘FA tasdiqlashi lozim. Ana shunda bu ish amalga oshadi. Biz O‘FAning qoshida ochilganmiz. Bizning har bir qarorimiz O‘FA orqali qabul qilinadi. Shunday ekan, bu savolga men javob bera olmayman. To‘g‘risi, qo‘rqaman. Hali buni kerakli joyda javobi bor ekanligini yaxshi bilganim uchun o‘zimni chetga tortaman.

-  Agar so‘nggi so‘z sizda qolsa, unda qanday qaror qabul qilasiz?

-  Sen meni yoqib yubormoqchimisan?! Menga qolib ketmaydi, degan umiddaman. To‘g‘risi, juda ham qo‘rqaman. Mendan katta rahbarlarimiz bor. Ular bu ish o‘zbek futboliga kerak, deb bilsa, demak kerak. Agar tanlov menga qolsa, yaxshisi ishdan bo‘shab ketaman. Sababi, narigi dunyodagi savol-javob qanday og‘ir bo‘lishidan xabarim bor.

To‘liq intervyu

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
25/03/2021 20:59
Ха диёр тафаккурлик одам нима тугри нима но тугрилигини билади
&
umidjon omonov
25/03/2021 19:35
Билсен аралашма бу ишга
&
Bekk_MUFC
25/03/2021 19:25
Mashaalloh