
Diyor Imomxo‘jaev: Futzal haqida ketsa, Markaziy Osiyoda 2 ta yaxshi kuch bor: Qozog‘iston va O‘zbekiston. Afsuski...
Xabaringiz bor, kecha futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Frantsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Qiziqarli kechgan bahsda vakillarimiz 4:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lekin hamyurtlarimiz doimgidek ajoyib tarzda, oxirigacha harakat qilishdi.
PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida futbolchilarimizni maqtab o‘tdi.
- Yaqindagina O‘zbekiston va Qozog‘iston futzal termalari 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida zalga chiqqandi. Birida qo‘shnilarimiz, boshqasida biz g‘olib keldik.
Kecha futzalchilarimiz Frantsiya futzalchilariga qarshi zalga chiqib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qozog‘iston termasi esa Evropa chempionatida Italiya ustidan 4:1 hisobida ustun kelib, chorak finalga yo‘l oldi.
Jamoaviy sport turlaridan muammolarimiz etarli ekani ma’lum. Ammo gap futzal haqida ketsa, Markaziy Osiyoda 2 ta yaxshi kuch bor: Qozog‘iston va O‘zbekiston. Afsuski, futzal olimpiya sport turlari orasida yo‘q, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar