Diyor Imomxo‘jaev: Kamida Qatar sarflayotgan pullarga ega bo‘lishimiz kerak

  • 05.07.2021 16:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev chempionat uchrashuvlarining translyatsiyasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

- Futbol uchrashuvlarini translyatsiya qilayotganlarni tanqid qilish mumkin. Ammo savolni boshqacharoq qo‘yish taklifini bergan bo‘lardim.

Men bilgan kamerachilar, rejissyorlar bir necha yillardan buyon faoliyat olib boradi. Bir necha yillardan buyon yo yomg‘ir ostida yoki quyosh nurida mehnat qiladi. Lekin ularning saviya va mahoratini oshirish uchun qanday ishlar qilindi? Ularga xorijiy telekanallar va translyatsiyalarni o‘rganish, fikr almashish imkoniyati yaratildimi? Futbol uchrashuvlarini namoyish qilayotgan ko‘chma televizion stantsiyalar qachon xarid qilingan, bugun biz qaysi texnika bilan ishlayapmiz va jahon nimani afzal bilyapti? Bitta uchrashuvda nechta kameradan ishlashga imkonimiz bor?

Yaxshi va sifatli translyatsiya juda katta mablag‘ talab qiladi. Bizda KTSlar soni sanoqli, kattaroq bayram yoki tadbir tashkil etilsa, futbol avtomatik ravishda uchinchi yoki to‘rtinchi planga tushadi va bu normal holat. Chunki texnikalar soni chegaralangan. Hozirgi sharoitda translyatsiyalar ham, VAR ham haminqadar tizimda ishlayapti, biz hammadan ortda qolib ketmaslik harakatidamiz. Hammaga etib olish yoki ulardan o‘tish uchun kamida Qatar sarflayotgan pullarga ega bo‘lishimiz kerak. Kechirasiz-u, biz bunga tayyor emasmiz. Biz shu davrda tizimli muammolarimizni birgalikda tan olib, havaskorlar rejimiga tushishdan iymanmay, shu yo‘l orqali to‘g‘ri yo‘nalishga o‘tib olishimiz kerak, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Эшалиев Шавкат
05/07/2021 20:48
Мавжуд маблағлардан унумли фойдаланиш керак, сарф харажатларни обдан ўйлаб сарфлаш керак. Оллоҳ исрофгарчиликдан қайтарган.