Diyora Keldiyorovaning ustozi endi Germaniyada ishlaydi
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov mamlakat ayollar terma jamoasida uzoq muddat samarali faoliyat yuritgan murabbiy Marko Spittka bilan uchrashdi.
Germaniyalik mutaxassis O‘zbekistonda ayollar dzyudosining o‘sish dinamikasiga o‘z hissasini qo‘shgan murabbiylardan hisoblanadi. Diyora Keldiyorovaning Olimpiada chempioni bo‘lishida ham janob Spittkaning xizmati katta bo‘lgan. Oilaviy sabablarga ko‘ra germaniyalik mutaxassis faoliyatini o‘z mamlakatida davom ettirishga qaror qildi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov hurmat belgisi sifatida Spittkaga bir necha yillik hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi va unga zarbop chopon kiydirdi.



Fikrlar