Dmitriy Bivol: "Aynan shu narsa Usik va Fyuri jangida keskinlikni oshiradi"

  • 14 dekabr, 2024, 14:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik sobiq chempion Dmitriy Bivol (23-1, 12 KO) og‘ir vazn toifasida WBA, WBC, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) va britaniyalik Tayson Fyuri (34-1, 24 KO ) o‘rtasidagi bo‘lajak revansh haqida gapirdi.

Tecno

"Bu ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi  va unda Usik g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. Biroq biz Taysondan nima kutishni bilmaymiz. Aynan shu narsa keskinlikni yanada oshiradi", - deya Bivolning so‘zlarini keltirdi "Boxing Social".

Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!