
Dmitriy Bivolga Qirg‘iziston prezidenti ajoyib sovg‘a berdi
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Dmitriy Bivolga Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov sovg‘a sifatida noyob "Rolls-Royce Silver Shadow II" avtomobilini berdi.
Bivol o‘zining so‘nggi jangini 2024 yil 12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazib, Artur Beterbievga ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy uchun bu jangdagi mag‘lubiyat faoliyatidagi birinchisi edi. Beterbiev esa bir vaqtning o‘zida oltita chempionlik unvoniga ega bo‘lgan (WBC, WBA Super, IBF, WBO, IBO va The Ring) tarixda birinchi yarim og‘ir vaznda mutlaq chempionga aylandi.
Fikrlar