
Dmitriy Bivool jang qilgan eng kuchli zarbaga ega bokschi kim?
Yarim og‘ir vaznda WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Dmitriy Bivol o‘zi kurashgan raqiblaridan qaysi biri eng kuchli zarbaga ega ekanini aytdi.
"Eng kuchli zarbaga ega raqibim - Jan Paskal edi. U tez, o‘tkir va juda og‘ir zarba berardi. Garchi 2018 yilda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan bo‘lsam-da, bu bahs oson o‘tmagaganini tan olishim zarur", - deb Bivoldan iqtibos keltirdi "talkSport".
Eslatib o‘tamiz, 12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Dmitriy (23-0, 12 KO) Artur Beterbiev (20-0, 20 KO) bilan mutlaq chempionlik uchun jang o‘tkazadi.
Fikrlar