Donnarumma PSJda qolishi mumkin

  • 27.08.2025 03:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"L’Equipe" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Janluiji Donnarumma PSJda kamida yana yanvargacha qolishi mumkin. Ammo italiyalik darvozabon imkoniyati bo‘lsa, jamoani tark etishni afzal ko‘radi.

Tecno

Manbalarga ko‘ra, yaqinda "Manchester Siti" futbolchi uchun 15 million evro taklif qilgan, ammo bu summa parijliklar uchun etarli emas. PSJ hech qanday "behuda arzon" kelishuvga rozi bo‘lmasligi ta’kidlanmoqda.

"25 million, balki 30 million evro – bu ham katta imtiyoz hisoblanadi", – deb yozadi manba.

Shu bilan birga, "shaxarliklar" shoshilmayapti. Ular muzokaralarni qishgacha qoldirishi va o‘shanda yana ham pastroq taklif berishi mumkin. Shuningdek, "Siti" 2026 yil yozida, shartnomasi tugagach, Donnarummani erkin agent sifatida ham qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!