Donnarummani safga qaytdi

  • 30 sentabr, 2024, 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning asosiy darvozaboni Janluiji Donnarumma "Arsenal" bilan Chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvi uchun qaydnomaga kiritildi. Italiyalik posbon avvalroq mushaklaridan jarohat olgan edi.

Donarumma parijliklarning so‘nggi uchta o‘yinini (Chempionlar ligasida "Jirona" bilan uchrashuv, Liga 1da "Reyms" va "Renn" bilan o‘yin) o‘tkazib yubordi. Bu o‘yinlarda uning o‘rnini rossiyalik darvozabon Matvey Safonov egalladi.

Donnarumma joriy mavsum Frantsiya chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan uchta gol o‘tkazib yubordi. Uning parijliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli darvozabonning bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!