Dovbik "Roma"da qoladi!

  • 1 sentabr, 12:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik "Milan"ga o‘tmaydi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Rim klubi sport direktori Frederik Massaraning aytishicha, ukrainalik hujumchi “bo‘rilar” safida o‘ynashda davom etadi. "Roma" Dovbikning jamoada qolganidan mamnun. Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida 28 yoshli hujumchi 32 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

A Seriyaning yangi mavsumida Dovbik ikkita o‘yin o‘tkazdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!