
Dunyodagi eng kuchli 4 ta bokschi kim? Dmitriy Bivol javob berdi
WBA chempioni Dmitriy Bivol "DAZN" nashriga bergan intervyusida ayni paytda vazn toifasidan qat’iy nazar 4 ta eng yaxshi bokschi kimligini aytdi.
Unga ko‘ra, ukrainalik Aleksandr Usik birinchi o‘ringa loyiq topildi. Hamyurtimiz Isroil Madrimovni mag‘lub etgan Terens Krouford ikki o‘rinni egalladi. Yaponiyalik Naoya Inoue kuchli uchlikka kiritildi. 30 yoshga qarab ketayotgan Jervonta Devis esa ushbu ro‘yxatni yakunlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO) 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda Artur Beterbiev(20-0, 20 KO)ga qarshi jang qiladi.
Fikrlar