
Dunyodagi eng kuchli uch futbolchi kim? Islom Maxachev javob berdi
Engil vazn toifasida (70 kg) amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev dunyoning eng yaxshi uch nafar futbolchisi kimligini aytdi.
"Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Zlatan Ibragimovich - dunyodagi eng yaxshi charm to‘p ustalari" - dedi Maxachev "Dinamo" jamoasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev oxirgi jangida Renato Moykanoni 1-raunddayoq sabmishn orqali taslim etdi.
Fikrlar