
Dunyoning eng kuchli tennischisi taslim bo‘ldi
Novak Jokovich o‘zi tomonidan tashkil etilgan "Adria Tour" turnirining ikkinchi bosqichida ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi.
Belgrad shahrida o‘tayotgan mazkur musobaqaning navbatdagi turida Novak Filipp Krayinovich bilan uch set davomida raqobatlashib, yakunda 4:2, 2:4, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning ilk bosqichida N.Jokovich Viktora Troitskini mag‘lub etgan edi.
Fikrlar