
Durang bilan tugagan vodiy derbisiga oid juda qiziq fakt!
Bugun Superliganing 16-turiga start berildi. Yaypanda “Qo‘qon-1912” “Navbahor”ga qarshi kuch sinashdi va ushbu bellashuv kutilganidek juda hujumkor kechdi. Vodiy derbisi o‘z nomiga yarasha murosasiz o‘tdi. Natijada jamoalar o‘rtasidagi jiddiy to‘qnashuvda g‘olib aniqlanmadi – 1:1. Birinchi bo‘limda Igor Golban hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin oxirlarida Shoxnazar Norbekovning goli qo‘qonliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ushbu klublarning chempionatdagi o‘zaro uchrashuvlar tarixida hisob bo‘yicha 8-durang kuzatildi. Qiziq tarafi shundaki, durang bilan tugagan bahslarda faqat 1:1 hisobi qayd etilgan, bu fakt!
Ushbu jamoalarning chempionatdagi barcha duranglari
2022 yil. 2-davra
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 1:1
2020 yil. 2-davra
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 1:1
2019 yil. 2-davra
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 1:1
1-davra
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 1:1
2017 yil. 1-davra
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 1:1
2016 yil. 2-davra
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 1:1
1998 yil. 1-davra
“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 1:1
1993 yil. 1-davra
“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 1:1
Fikrlar