
Dyokeresh o‘ziga APLdan klub tanladi
Lissabonning "Sporting" jamoasida to‘p surayotgan 27 yoshli hujumchi Viktor Dyokeresh faoliyatini qaerda davom ettirishni aniqlab bo‘ldi.
Jurnalist Aleks Krukning "talkSPORT Breakfast" dasturiga bergan ma’lumotiga ko‘ra:
"Men xabar oldim – Dyokeresh o‘z oilasi va do‘stlariga "Arsenal"ga o‘tishga umid qilib turganini aytgan. Bizga ma’lumki, unga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirgan. Viktorning "Sporting" ning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan munosabatlari yaxshi, lekin "Arsenal" Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyatini va ehtimol, yangi mavsumda chempionlik uchun kurashni taklif qilmoqda" - deb ma’lumot bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida, forvard o‘tgan mavsum 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, Transfermarkt portali Dyokereshning narxini 75 million evro deb baholagan.
Fikrlar