
Dyubuaning murabbiyi: "Usik, senga Oskar berish kerak, sen hakam va butun boks olamini aldading”
Taniqli bokschi Daniel Dyubuaning murabbiyi Don Charlz shogirdining Aleksandr Usikka qarshi 2023 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan jangi haqida gapirdi.
"Aleksandr, beshinchi raund yodingdami? O‘shanda senga berilgan zarba hakam tomonidan noqonuniy deb hisoblangandi. Biroq haqiqatni o‘zing yaxshi bilasan. Aslida o‘sha zarba hisobga olinishi kerak edi. Ko‘rsatgan aktyorliging uchun senga "Oskar" berish lozim. Sen hakam va butun boks olamini aldading” - dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, Usik va Dyubua o‘rtasidagi revansh jangi 19 iyul kuni "Uembli"da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar