
Dzyudo. 4 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurashadi
Dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta Dubulg‘a” turnirining ikkinchi kunida medallar uchun kurashadigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Quvonarlisi, -73 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Murodjon Yo‘ldoshev oltin medal uchun qozog‘istonlik Doniyar Shamshaevga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Yana bir qiziqarli jihati, -81 kgda ikki dzyudochimiz o‘zaro bronza medali uchun bellashadi.
Final blokida ishtirok etadigan hamyurtlarimiz va ularnimg raqiblari:
Final:
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - Doniyor Shamshaev (Qozog‘iston)
Bronza medali uchun:
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev - Muso Sobirov
-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Natalya Chistyakova (Ukraina)
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar