Dzyudo. Alisher Yusupov Olimpiada reytingida peshqadam bo‘lib oldi

  • 16 may, 2023, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Doxada yakuniga etgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatidan keyin sportchilarning yangilangan Olimpiada reytingi e’lon qilindi. Ahamiyatlisi, musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritgan Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida reyting peshqadamiga aylanib oldi. Shuningdek, umumiy hisobda 15 nafar dzyudochimiz ayni paytda Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi pog‘onalarni egallab turibdi. Batafsil:

Tecno

-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 2310 ochko
6. Dilshodbek Baratov – 1644

-66 kg:
1. Xifumi Abe (Yaponiya) – 2500 ochko
17. Muhriddin Tilovov – 1034
22. Sardor Nurillaev – 879

-73 kg:
1. Nils Shtamp (Shveytsariya) – 2470 ochko
6. Murodjon Yo‘ldoshev – 1870
8. Obidxon No‘’monov – 1714
11. Shahram Ahadov – 1460

-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 3575 ochko
26. Sharofiddin Boltaboev – 664 (qit’aviy kvota)

-90 kg:
1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 2800
3. Davlat Bobonov – 2174 ochko

-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2715 ochko
9. Muzaffarbek To‘raboev – 1289

+100 kg:
1. Alisher Yusupov – 2310 ochko
10. Shohruh Baxtiyorov – 1210

Ayollar:

-48 kg:
1. Natsumi Tsunoda (Yaponiya) – 2500 ochko
26. Halimajon Qurbonova – 620

-52 kg:
1. Distriya Krasnichi (Kosovo) – 2855 ochko
3. Diyora Keldiyorova – 2784
13. Sita Qadamboeva – 836

-70 kg:
1. Saki Nizoe (Yaponiya) – 3450 ochko
20. Gulnoza Matniyazova – 875

Eslatma:
– Bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024 yilning 23 iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting etakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qit’aviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan ko‘p sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra tanlanadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!