Dzyudo. Antaliya “Katta dubulg‘a” turniri oldidan terma jamoamiz tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 29-31-mart kunlari Turkiyaning Antalya shahri mezbonlik qiladigan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, dastlab tarkibga kiritilgan 4 nafar dzyudochi musobaqani o‘tkazib yuboradi.
O‘zgarish sababi sifatida sportchilarning jarohati ko‘rsatilgan. Murabbiylar shtabi shifokorlar bilan kelishgan holda Muzaffarbek To‘raboev (-100 kg), Alisher Yusupov (+100 kg), Halima Qurbonova (-48 kg) va Diyora Keldiyorova (-52 kg)ning tiklanib olishi uchun ularga dam beradi. Ushbu sportchilarning o‘rniga Ernazar Sarsenbaev (-100 kg) hamda Gulhayo Jo‘raeva (-52 kg) ro‘yxatga kiritilgan. Shu tariqa, musobaqada bellashadigan dzyudochilarimiz 20 nafardan 18 taga qisqardi.
Manba: MOQ matbuot xizmati.

Fikrlar