
Dzyudo bo‘yicha Toshkent "Katta dubulg‘a" turniri yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi (Foto)
Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirining yakunlari va terma jamoamizning yangi Olimpiya tsiklidagi rejalari mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda Aziz Kamilov sportchilarimizning ishtiroki, kelgusida Toshkentda boshqa yirik musobaqalarni ham o‘tkazish, klublar faoliyatini jadallashtirish kabi yo‘nalishlarda atroflicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, MOQ rasmiylari mamlakat dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda yangi Olimpiya tsikliga tayyorgarlik boshlab yuborilganini bildirishdi. Qolaversa, anjumanda terma jamoamizda ish boshlagan murabbiylar Andrey Shturbabin hamda Aleksei Budolin (Estoniya) tanishtirildi.
Quyida marosimdan fotolavhalarni tomosha qiling:


.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
Fikrlar