Dzyudo. Bugun 7 nafar hamyurtimiz tatamiga chiqadi
Bugun Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi nufuzli turnir boshlanadi.
Musobaqaning birinchi kuni erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi. Bugungi bellashuvlarda terma jamoamizning 7 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Tornike Maziashvili (Gruziya)
-66 kg: Azizbek Ortiqov - Petros Kristodulides (Kipr)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev - Byambasuren Ulzibayar (Mo‘g‘uliston)
AYoLLAR:
-48 kg: Halimajon Qurbonova - Juliya Giglion (Italiya)/Erika Lasso (Kolumbiya)
-48 kg: Ruhshona Alisherova - Amber Gerses (Niderlandiya)
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova - Milika Nikolich (Serbiya)
-57 kg: Shukurjon Aminova - Kseniya Danilovich (IJF)/Nino Loladze (Gruziya)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar