Dzyudo. Dilshodbek Baratov jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi!

  • 8 may, 2023, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Qatarda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi o‘z hisobiga kumush medalni yozib qo‘ymoqda. Hamyurtimiz Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Qiziqarli kechgan final bellashuvida ispaniyalik Fransisko Garrigos oltin medalga ega chiqdi. Bu Baratov uchun jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi. Ushbu natija evaziga sportchimiz dunyo va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun o‘z hisobiga 1400 ochko qo‘shib qo‘ymoqda.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!