Dzyudo. Jahon chempionatida navbatdagi kumush medal qo‘lga kiritildi!

  • 9 may, 2023, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Dzyudo bo‘yicha Doxa shahri mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining ikkinchi kunida ham O‘zbekiston terma jamosining g‘aznasi yana bir medal bilan boyidi. -52 kg vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Hamyurtimiz qiziqarli kechgan final bellashuvida yaponiyalik Uta Abega imkonoyatni boy berdi. Bu Keldiyorovaning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida qo‘lga kiritgan ilk medali hisoblanadi. Shu bilan birga u jahon va Parij-2024 Olimpiadasi uchun ham qimmatli reyting ochkosini o‘z hisobiga yozib qo‘ymoqda.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi kunida Dilshodbek Baratov (-60 kg) ham terma jamoamiz hisobiga kumush medalni taqdim qilgan edi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!