Dzyudo. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ilk kunida vakillarimiz 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi

  • 17 noyabr, 2023, 14:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Toshkentda start olgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor bo‘ldi. Shubhasiz, bu birinchi kundan so‘ng umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishimizga zamin yaratdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

Tecno

Oltin medal:
-40 kg: Umida Qo‘ldosheva
-44 kg: Laziza Haydarova
-48 kg: Zarina Jamolova
-52 kg: Rayhona Mamatova

Kumush medal:
-66 kg: Inoyat Telmanov
-48 kg: Sabina Azamatova

Bronza medal:
-50 kg: Yunusbek Shavkatov
-55 kg: Hasanboy Elmurodov
-66 kg: Oybek Rajabov
-44 kg: Maxfira Ro‘ziboeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!