Dzyudo. O‘zbekiston chempionati nihoyasiga etdi
Uch kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan 500 nafarga yaqin dzyudochi jami 14 ta vazn toifasida mamlakat chempionati medallari uchun bahs olib borishdi.
Musobaqaning oxirgi kuni erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar -78, +78 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. Beshta vazn toifasidan to‘rttasida poytaxtlik dzyudochilar O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi va tabiiyki, yakunda umumjamoa hisobida ham Toshkent shahri jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Uchinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-78 kg vazn toifasi:
1. Muxlisaxon Qadirberganova (Toshkent shahri)
2. Shoira Aminova (Xorazm)
3. Dilbar Yusupova (Toshkent shahri)
3. Sevinch Mahmudjonova (Sirdaryo)
+78 kg vazn toifasi:
1. Mohlaroyim To‘xtamisheva (Toshkent shahri)
2. Zarina Bobonazarova (Qashqadaryo)
3. Xosiyat Masharipova (Xorazm)
3. Fotima Kuranbaeva (Xorazm)
-90 kg vazn toifasi:
1. Ramazon Allaberdiev (Toshkent shahri)
2. Ulug‘bek O‘roqov (Toshkent shahri)
3. Sultonbek Abdushukurov (Toshkent shahri)
3. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)
-100 kg vazn toifasi:
1. To‘lqinbek Turdiev (Buxoro)
2. Rahmon Yusupov (Surxondaryo)
3. Ernazar Sarsenbaev (Qoraqalpog‘iston)
3. Muhammadali Tangriev (Toshkent viloyati)
+100 kg vazn toifasi:
1. O‘tkirbek To‘raboev (Toshkent shahri)
2. Muhammadqodir Mansurov (Toshkent viloyati)
3. Bahrom Sayitov (Buxoro)
3. Islombek Ravshanqulov (Toshkent shahri)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar