Dzyudo. Polvonlarimiz bo‘lajak xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

  • 19 iyul, 2023, 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 4-6-avgust kunlari o‘tkaziladigan “Masters” turniri, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari, shuningdek, yil davomida kutib turgan boshqa nufuzli turnirlarga tayyorgarlikni qizg‘in davom ettirmoqda. Gruziyaning tog‘li hududida o‘tgan yig‘indan so‘ng polvonlarimizning mashg‘ulotlari Niderlandiyaga ko‘chdi.

Tecno

Arnem shaharchasida o‘tkazilayotgan xalqaro yig‘inda yigitlarimiz asosiy tarkib bilan qatnashmoqda. Unda 30 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan dzyudochilar jam bo‘lgan. Gruziyada jismoniy holatini yaxshilab olgan hamyurtlarimiz ushbu yig‘inda texnik va taktik uslublar ustida ishlashmoqda. Niderlandiya safariga Davlat Bobonov, Muzaffarbek To‘raboev, Alisher Yusupov kabi terma jamoamizning 15 a’zosi jalb etilgan.

Manba:MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!