Dzyudo. Shahram Ahadov oltinchi bor “Katta dubulg‘a” turnirida shohsupaga ko‘tarildi

  • 30 mart, 2024, 22:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zining dastlabki medaliga ega chiqdi. -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahram Ahadov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Tecno

Hamyurtimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda tojikistonlik Abubakr Sherovdan ustun keldi. Bu natija Ahadovga jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun 500 ochko taqdim etadi. Eslatib o‘tamiz, bungacha hamyurtimiz hisobida “Katta dubulg‘a” turnirlarida 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bor edi.

Manba: MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!