
Dzyudo. Terma jamoamiz Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi!
Toshkentda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning oxirgi kunida og‘ir vazn toifasidagi yoshlar medallar uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, turnir yakunida hamyurtlarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar toifasidagi bahslarda ham dzyudochilarimiz birinchilikni qo‘lga kiritishgan edi. So‘nggi kun dasturida shohsupaga ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz:
Oltin medal:
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Mahmudjon Mahsudov
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
+78 kg: Fotima Quramboeva
Kumush medal:
-81 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
Bronza medal:
-81 kg: Ahror Ziyodullaev
-90 kg: Alisher Samanov
+100 kg: Abdulloh Xudoyorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova
+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva
Fikrlar