Dzyudo. Terma jamoamiz Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirini 3 ta medal bilan yakunladi

  • 26 mart, 2023, 20:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Gruziya poytaxtida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Musobaqaning so‘nggi kunida +100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shohruh Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yurtdoshimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda slovakiyalik Marius Fizeldan ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha turnir davomida Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin, Obidxon No‘monov (-73 kg) kumush medali bilan taqdirlanishgan edi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!