
Dzyudo. Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirini 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan boshladik!
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqa boshlandi.
Musobaqaning ilk kunid O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Doston Ro‘ziev hamyurtlarimizning ilk medaliga mualliflik qildi. Sportchimiz -60 kg vazn toifasida kechgan final bahsida jahon chempionati sovrindori, gruziyalik Giorgi Sardalashvilini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan yana bir hamyurtimiz Gulhayo Jo‘raeva finalda frantsiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy berib, faoliyatida ilk bor kattalar o‘rtasidagi yirik musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar