Dzyudo. Toshkentda yulduzlar jamlanadi
3-5 mart kunlari Toshkentda o‘tadigan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasida ishtirok etuvchi davlatlar soni ortib bormoqda.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, ular orasida poytaxtimizga tashrif buyuradigan quyidagi taniqli sportchilarni uchratish mumkin:
Avstriya: Shamil Borchashvili (-81 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi) va Mixaela Pollers (-70 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi kumush medali sohibi);
Xorvatiya: Barbara Matich (-70 kg, 2 karra jahon chempioni);
Kuba: Endi Granda (+100 kg, amaldagi jahon chempioni);
Vengriya: Kristian Tos (-90 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi va jahon chempioni);
Portugaliya: Jorj Fonseka (-100 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi va 2 karra jahon chempioni);
Serbiya: Nemanya Maydov (-90 kg, jahon chempioni).
Bugungi kunga kelib, 46 mamlakatdan 279 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Talabnomalar kelishda davom etmoqda.



Fikrlar