Dzyudochilarimiz Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi

  • 26 iyul, 2023, 13:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, 26 iyul – 4 avgust kunlari Xitoyning Chendu shahrida Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda barcha sportchilar qatorida dzyudochilar ham medallar uchun kurashadi.

Tecno

Dunyoning 43 mamlakatidan jami 270 nafar dzyudochi ( shundan 157 nafar erkak, 113 nafar ayol) bahs olib boradigan ushbu musobaqada terma jamoamizning 14 nafar a’zosi yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Musobaqada ishtirok etadigan tarkibimiz esa quyidagicha:

Erkaklar terma jamoasi:
- 60 kg: Kamoliddin Bahtiyorov
- 66 kg: Abdurahim Nuftullaev
- 73 kg: Javohir Safarov
- 81 kg: Nurbek Murtazoev
- 90 kg: Muhammadali Tangriev
- 100 kg: Muhammadqodir Mansurov
+ 100 kg: Islom Ravshanqulov

Ayollar terma jamoasi:
- 48 kg: Fotima Tursunbaeva
- 52 kg: Gulhayo Jo‘raeva
- 57 kg: Yulyana Maksetbaeva
- 63 kg: Farangiz Xojieva
- 70 kg: Nodira Yo‘ldosheva
- 78 kg: Farangiz Xolmurodova
+ 78 kg: Fotima Kurambaeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!